O‘zbek tilining 30 yilligi

O‘zbek tilining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir respublikamizdagi barcha maktablar qatori bizning ilm maskanimizda ham tashkil etildi. Bilimga chanqoq o'quvchilarimiz o'zbek tili va adabiyoti fani ustozlari boshchiligida mazkur maftunkor tilda yaratildan she'ru g‘azallardan namunalar o'qib berishdi. O'zbekona ohanglarga sahnalashtirilgan jozibador raqslar bilan yig‘ilganlarga ajoyib kayfiyat ulashdilar. Ayniqsa, "Alisher Navoiy va Guli" dialogini ijro etgan 8B sinf o‘quvchilari maktabimiz jamoasi e'tirofiga sazovor bo‘lishdi. Mana shunday chiroyli tadbir orqali o'quvchilarimiz o'zlarining o'zbek tiliga bo'lgan hurmat va qiziqishlarini izhor etdilar. Barakalla bolalar!